Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti huquqshunosi M.Toshboltayeva ishtirokida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tizimli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Xususan, sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan qaror loyihalarining huquqiy jihatdan puxta ishlab chiqilishi va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida huquqshunos ishtirokida muhokamalar tashkil etildi.
️Muhokamalar davomida har bir qaror loyihasining huquqiy asoslari, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi, vakolat doirasida ishlab chiqilganligi hamda amaliy ijro mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, qaror loyihalarida aks ettirilgan normalarning mazmuni, ularning aniq va tushunarli bayon etilishi, mas’ul ijrochilar hamda ijroni ta’minlash bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida hujjatlarni yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda qaror loyihalarini qonunchilik talablariga muvofiq holga keltirish yuzasidan mutaxassis tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi