“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–561-son Qonuni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Sh.Akbarova tomonidan Qatortol, Mulkanlik va Toshkent mahallalarida yashovchi xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ijrosining ahamiyati haqida ishtirokchilarga tushuncha berildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning turli shakllaridan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda bunday vaziyatlarga tushib qolgan xotin-qizlarga huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.