Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bо‘yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman Kengashining ish rejasiga muvofiq, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalarni sessiyaga qadar dastlabki tarzda ko‘rib chiqish hamda ularni atroflicha o‘rganish masalalariga e’tibor qaratildi.
Jumladan, tuman mahalliy budjetidan mablag‘lar ajratish, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari — umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarining 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha muhokama qilindi.