35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI: KITOB DO‘KONIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI

DEPUTATLIK NAZORATI: KITOB DO‘KONIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Allayorova tomonidan kitob do‘konida o‘rganish ishlari olib borildi.

📚 Tashrif davomida kitob va o‘quv adabiyotlarining narx-navosi, assortimentlari hamda aholiga, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.

💬 Shuningdek, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchilar bilan suhbatlashilib, xaridorlarning talabi, eng ko‘p xarid qilinayotgan adabiyotlar hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🔎 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining kitobga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, kitob mahsulotlarining hamyonbopligi va savdo jarayonidagi holatni tahlil qilishdan iborat.

📖 Kitob — ma’rifat va taraqqiyot manbai.

Aholining sifatli va hamyonbop adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 2