DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, joylardagi holatni o‘rganish hamda mavjud masalalarni aniqlash maqsadida deputatlik faoliyati doirasida ishlar olib borilmoqda.
🛍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Allayorova tuman Pastdarg‘om buyum bozorida bo‘lib, bozor faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
💬 Tashrif davomida tadbirkorlar va savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar bilan muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
🔎 Shuningdek, savdo nuqtalaridagi shart-sharoitlar, tartib-intizom, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Bunday hamkorlik tashriflari orqali hududdagi real holatni o‘rganish, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish va aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — joylarga chiqib, muammoni o‘rganish va uning yechimiga amaliy hissa qo‘shishdir.