35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Kengash_faoliyati

Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlanish arafasida

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining mas'ul vakillari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari, viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tuman studiyalaridan Kengash a’zolari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish kun tartibidan 2026-yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi o‘rin olgan.

Shuningdek, quyidagi sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarining hisobotlari tinglanadi:
🔹 Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasi;
🔹 Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi;
🔹 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi;
🔹 Surxondaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi;
🔹 “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ.

Yig‘ilish davomida mazkur sohalarda korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, tizimlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi muhokama qilinadi.

Yig‘ilishdan asosiy maqsad — korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.

Slide 1 of 1