35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
#hamkorlik #bandlik

Toshkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida inson kapitalini rivojlantirish va zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Forumda Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi hamda "Olmaliq KMK" AJ oʻquv markazi direktori Daniyar Karimov ishtirok etib, soha mutaxassislarini tayyorlashdagi eng samarali tendensiyalar haqida maʼruza qildi.

📈Dual taʼlim — muvaffaqiyat kaliti
Daniyar Karimov oʻz nutqida xodimlarni kasbga tayyorlashda dual taʼlim tizimi asosida ishlab chiqarish va taʼlim integratsiyasini yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidladi. Bu tizim talaba va boʻlajak mutaxassislarga nazariyani bevosita amaliyot bilan birga olib borish imkonini beradi.
🤝Xalqaro hamkorlik samorasi: "Skills Expert Program"
Maʼruzada Germaniyaning nufuzli ANK tashkiloti hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan "Skills Expert Program" dual taʼlim loyihasi natijalari alohida eʼtirof etildi. Mazkur dastur kombinat uchun xalqaro standartlarga javob beradigan, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib chiqarishda muhim poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.
Xulosa oʻrnida: Zamonaviy ishlab chiqarish talablariga mos kadrlar tayyorlash — faqatgina taʼlim maskanlarining emas, balki yirik sanoat korxonalarining ham hamjihatlikdagi vazifasidir.

Slide 1 of 4