Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan 16-kuyuk-ko'pir saylov okrugi deputati - Kotibiyat mudiri M.Urazbayev, Qizilcholi MFY hududidagi Qizilcholi aholi punkti, Yurt istiqloli ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda ko'cha boshchilari bilan uchrashdi.
Uyma-uy muloqotlar davomida aholining turmush sharoiti, mavjud muammolari va takliflari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.