35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
#nazorat tadbiri

Olmaliq shahar Xalq deputatlari kengashi deputati Faxriddin Matasimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish va aholiga munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Kuni kecha deputat F.Matasimov o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Zarbuloq mahallasi, 10-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasadagi mavjud sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Jarayonda:
Maktab sport zalining bugungi holati, tozaligi va o‘quvchilar xavfsizligi talablariga javob berishi tahlil qilindi.
O‘quvchilar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur bo‘lgan jihozlar ko‘zdan kechirildi.
Xulosa: O‘rganishlar natijasida maktab sport zali va sport anjomlarining holati yaxshi darajada ekanligi, shuningdek, yetarli darajada qo‘shimcha zaxira jihozlari mavjudligi aniqlandi.

O‘rganish davomida, yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktab bazasida "Salomatlik markazi" tashkil etilganligi va u ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotganligi kuzatildi. Markazda bolajonlarning sog‘lom va maroqli dam olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Deputat ta’lim muassasasi rahbariyati va mas’ullarga yozgi mavsumni ko‘ngilli o‘tkazish, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda sport to‘garaklari faoliyatini yanada jonlantirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 6