35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
#qaror_ijrosi #hamkorlik #o'rganish

Olmaliq shahrida aholi muammolarini hal etish va ijtimoiy ko‘mak tizimini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi ishlar qat'iy nazoratga olingan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ya'ni mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida, "Uvaysiy" mahallasida o‘rganish ishlari tashkil etildi.

🔍 O‘rganishda:
Mazkur jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududga chiqqan holda quyidagi mas’ullar tomonidan o‘rganildi va muvofiqlashtirildi:
Sevar Qodirova – Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri;
Behzod Salimov – 16-okrug deputati
Muhriddin Begmatov – Kotibiyat bosh mutaxassisi ishtirok etdi.
🤝Diqqat markazida: Ijtimoiy xodim faoliyati va manzillilik
Senat qarori talablariga muvofiq, deputat va mahalla yettiligi tarkibidagi ijtimoiy xodim tomonidan hududda olib borilayotgan ishlarning haqiqiy holati tahlil qilindi.
Jarayonda:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, kam ta’minlangan oilalar va yetim bolalarga ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlarning sifati;
Fuqarolarga nafaqalar va moddiy yordamlar tayinlanishida adolat mezonlariga rioya etilishi;
Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda mahalla darajasidan yuqori bo‘lgan masalalarni "Deputat so‘rovi" orqali shahar miqyosida hal qilish choralarini ko‘rishga e'tibor qaratildi.
💡 Eslatib o‘tamiz: Senatning ushbu qaroridan ko‘zlangan asosiy maqsad — deputatlarning xonadonbay yurib, mahalla faollari bilan birga har bir muhtoj fuqaroning muammosiga individual yechim topishidir. Uvaysiy mahallasidagi o‘rganishlar bu tizim Olmaliqda real natija berayotganini ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 4