35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 12-"Obod yurt" saylov okrugi deputati N.Allamuratova hamda Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov mahalla raisi va hokim yordamchisi ishtirokida "Obod yurt" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan individual uchrashuvlar hamda ochiq muloqotlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, bandlik, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat hamda takliflari tinglandi.

Har bir murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Ayrim masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularning takliflarini amaliyotga tatbiq etish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2