35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
Tog‘li hududlardagi o‘rganishlar izchil davom etmoqda

Tog‘li hududlardagi o‘rganishlar izchil davom etmoqda

Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan tog‘li hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.

Navbatdagi manzillar sifatida Aspiduxtar hamda tumanning eng chekka hududlaridan biri hisoblangan Shut qishloqlarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasi, elektr ta’minoti, ijtimoiy soha va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif hamda murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat tegishli tartibda qayd etilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yechimlar ishlab chiqish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.


KENGASH_FAOLIYATI

Slide 1 of 15