Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan 2026-yil 23-iyul kuniga belgilangan shaxsiy ish rejasiga muvofiq kun davomida qator tashkiliy va amaliy ishlar bajarildi.
✅ Ish kuni xodimlar davomatini nazorat qilish, E-Kengash tizimi orqali Kengash hamda deputatlarga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, EDO tizimi orqali kelgan xatlar bilan tanishish hamda ularning ijrosini tashkil etishdan boshlandi.
✅ Kotibiyat xodimlari o‘rtasida kunlik vazifalar taqsimlanib, bosh mutaxassislar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda aniqlangan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, murojaatlar bilan ishlash, doimiy komissiyalar hujjatlarini tayyorlash va navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ishlari olib borildi.
✅ Kun davomida 21-saylov okrugi Shombuloq mahallasi hamda 14-saylov okrugi Mangitobod mahallasida hududiy o‘rganishlar amalga oshirildi.