O‘zbekiston XDPdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati D. Urazbayeva tomonidan saylovchilar murojaati asosida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.
"Gulzor" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan deputatlik uchrashuvi davomida fuqarolar tomonidan Kamolot turar joy dahasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida daydi itlar soni ortib ketgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Aholining ta’kidlashicha, ushbu holat:
🔹 yosh bolalar xavfsizligiga tahdid solmoqda;
🔹 hududning obodligi va sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mazkur murojaatlar yuzasidan Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Kamolov nomiga deputat so‘rovi yuborilib, muammoni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish hamda ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha asoslantirilgan javob taqdim etilishi so‘raldi.