Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Zafarobod tumani “Yorqin” mahallasida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida sayyor qabullar va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabulda O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 11-«Do‘stlik» saylov okrugi deputati X. Ismatov hamda «Mahalla yettiligi» vakillari ishtirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladilar.
Uchrashuv davomida fuqarolarning dolzarb masalalarga oid murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3