Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonuni

Mazkur Qonun 2024-yil 30-sentabr kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, shu kuni Senat tomonidan ma’qullangan.

Qonunning asosiy maqsadi — mamlakatimizda kreativ iqtisodiyot sohasini rivojlantirish, ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish hamda intellektual salohiyatni iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylantirishdan iborat.

Qonun bilan:
♾ kreativ iqtisodiyotning huquqiy asoslari belgilandi;
♾ kreativ industriya subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari mustahkamlandi;
♾ ijodkorlar va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi;
♾ innovatsion loyihalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etishning huquqiy asoslari takomillashtirildi.

Mazkur Qonun kreativ sohalarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, milliy madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.