35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
Yangibog‘ mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi, bolalar maydonchasini barpo etish masalasi muhokama qilindi

#kotibiyat_va_deputat #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yangibog‘ mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi, bolalar maydonchasini barpo etish masalasi muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2025-yil 29-apreldagi 18-14-0-F/25-son farmoyishiga muvofiq, deputatlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda.

📝 Mazkur farmoyish ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminovning 36-Yunusota saylov okrugiga qarashli "Yangibog‘" mahallasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi ishtirokida mahalla raisi va mahalla faollari bilan uchrashuv hamda hududni joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan bolalar maydonchasi bugungi kun talablariga javob bermasligi, mavjud o‘yin jihozlarining eskirgani hamda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur sharoitlar yetarli emasligi aniqlandi.

🗣 Shuningdek, hududdagi yoshlar bandligi, ijtimoiy xizmatlar sifati, kommunal infratuzilma, ichki yo‘llar holati, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti, hudud obodonchiligi, jamoat transporti, boshqaruv kompaniyalari faoliyati hamda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan ham mavjud muammolar va takliflar muhokama qilindi.

📋 Muhokamalar yakunida bolalar maydonchasini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish va uni to‘liq bolalar maydonchasiga aylantirish imkoniyatlarini Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminovga deputatlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

✍️ Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan boshqa muammolar yuzasidan tegishli davlat organlariga Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminov nomidan deputatlik so‘rovi yuborish hamda masalalarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

✅ Hududdagi aholini qiynayotgan muammolarni tizimli ravishda o‘rganish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7