"Adolat" SDPdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati-Kotibiyat mudiri M.Urazbayev o'z saylov okrugida bo'lib, "Kuyuk ko'pir" OFY "mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 292-son Qarori ijrosi doirasida mahalladagi yoshlar yetakchisining uyma-uy yurish orqali «Yoshlar balansi»ni shakllantirish, yoshlar bilan manzilli ishlash va ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, «Yoshlar daftari»dagi yoshlarning muammolarini hal etish, xorijdagi vatandosh yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.