Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala atroflich o'rganildi.
янв.21
Deputatlar qurilish jarayonlarini o‘rganmoqda 🏗
янв.21
Adolat sotsial-demokratik partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati D.Otabayeva mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirlayotgan ishlar samaradorligi va aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘lilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
“E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda”
янв.21
Jo'qorg'i Kengesi deputati va tuman Kengashi deputatlari faoliyati va tashabbuslari yoritildi
янв.21
Amudaryo tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Bosuv MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Umumta’lim maktablarida sport zallari va ochiq sport maydonlari holatlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan tumanning “Pargos” mahallasida joylashgan 5 va 9-sonli umumta’lim maktablarining sport zallari, maydonlari va ularning jihozlanish holatlari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova hamda kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva hamda maktab rahbariyati ishtirokida o‘rganildi. 

🔷O‘rganish davomida maktablardagi sport zallarining texnik holati, sport maydonlarining talab darajasida jihozlanganligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud sport anjomlarining sifati va yetarliligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔷Shu bilan birga, maktablarda o‘quvchilarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

🔷O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mutasaddilarga taklif va tavsiyalar bildirildi hamda kelgusida nazorat tadbirlari davom ettirilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 7