Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha reja ishlab chiqildi

Aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha reja ishlab chiqildi

Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi tomonidan aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Yunusobod tumani “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda kelgusidagi ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning murojaatlarini o‘rganish, huquqiy maslahatlar berish hamda amaliy ko‘makni kuchaytirish bo‘yicha aniq reja tuzib olindi.

Shuningdek, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1