Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Usmonali Safarov Paxtakor mahallasida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik fabrikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u yerda yaratilgan ish sharoitlari, ishlab chiqarish jarayoni hamda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Deputat tomonidan fabrikada bandlikni ta’minlash, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar alohida o‘rganildi. Shuningdek, mavjud muammolar, ish jarayonidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Mazkur tashrif davomida tikuvchilik fabrikasining faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.