Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelayotgan uzilishlar, ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelib qolganligi, shuningdek, infratuzilmani yaxshilashga oid bir qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Shu bilan birga, uchrashuv jarayonida bir nafar saylovchi o‘zining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammosi tufayli davolanishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan zudlik bilan ko‘rib chiqilib, tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda fuqaroni statsionar davolanishga yotqizish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Uchrashuv yakunida kelib tushgan murojaatlarni hal etilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.