Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Navro‘z mahallasida bolalar o‘yingohi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Navro‘z mahallasida bolalar o‘yingohi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. 

1-Navro‘z saylov okrugi deputati K.Berdiqulov tashabbusi bilan Navro‘z mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldidagi bolalar o‘yingohining nosoz holati o‘rganilgan edi.

O‘rganishlar natijasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi va bolalar o‘yingohi to‘liq ta’mirlanib, soz holatga keltirildi.

Mazkur ishlar mahalla bolalarining xavfsiz va qulay sharoitda dam olishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8