Yurtimizda har yili mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlovchi Navro‘z umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirishva ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib boriladi.
Ana shu ezgu an’analar doirasida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova ishtirokida «Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida Urganch shahar mahallalari hududida umumxalq hashari tashkil etildi.
Hashar davomida mahalla hududi atrofi tozalanib, tartibga keltirildi, sanitariya holati yaxshilandi. Shuningdek, mahalla hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va mavjud daraxtlar shakl berilib, xar xil xasharotlarga qarshi ishlovlar berildi.
Deputatlar mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok etish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini alohida ta’kidlashdi.