Yangiliklar

Deputat soʻrovi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So'rovda Baxt mahalla fuqarolar yig'inida saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan Oltin vodiy, Soxibkor hamda Bog'don ko‘chalariga shag’al yotqizilmaganligi uchun mahallada yashovchi fuqarolar qatnovida qiyinchilik tug‘dirib kelayotganligi bo‘yicha yozma murojaat kelib tushgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar qatnovida qiyinchilik tug‘dirib kelayotgan muammolarni bartaf etish uchun ko‘chalariga shag’al yotqizish, ta'mirlash bo‘yicha tegishli choralarni ko'rish yoki Manzilli dasturlarga kiritish so‘ralgan.