Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Saylovchi bilan muloqot — muammo va yechim o‘rtasidagi ko‘prikdir

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Muzaffarjon Raimdjanov O‘rda tagi mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bildirilgan muhim murojaatlarni doimiy nazoratga olib kelmoqda.

Jumladan, O‘rda tagi mahallasi Misgarlik, Ibn Sino va Navro‘z ko‘chalariga kanalizatsiya tizimini o‘tkazish va ichimlik suvi yuzasidan tushgan murojaat bugun o‘z yechimini topmoqda. 

Deputat tomonidan mazkur masala joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida masalaga ijobiy yechim topilib, deputat tashabbusi bilan bugungi kunda ushbu ko‘chalarda ichimlik suvi va kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, sanitariya holatini yanada mustahkamlash hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5