Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Mahalliy_Kengashlar_faoliyatini_takomillashtirilmoqda
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI
янв.21
VII-chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi to'g'risida axborot
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin Xakimobod saylov okrugidan saylangan deputati Y. Shoymanov tomonidan “Xakimobod” mahallasi hududida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida maktabning sport zali, undagi sport anjomlari hamda ularning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mavjud sharoitlar va jihozlarning foydalanish holati yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi.

Shuningdek, maktab kutubxonasi faoliyati, kitob fondining holati, o‘quvchilarning darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda kutubxonadan samarali foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4