Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Mahalliy_Kengashlar_faoliyatini_takomillashtirilmoqda
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI
янв.21
VII-chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi to'g'risida axborot
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
Tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan Sarikul mahallasi aholisiga qulaylik yaratildi

✅ Nurobod tumani Sarikul mahallasidagi 16-umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ota-onalarini uzoq vaqtdan buyon tashvishga solib kelayotgan ko‘prik masalasi hal etildi.

 ✅ Sarikul mahallasi Yangi hayot guzarida yashovchi aholi farzandlari maktabga borishlarida shu hududda katta soy mavjudligi, ushbu soyda bahor faslida suv kelishi oqibatida o‘quvchilar maktabga borishlarida muammolar bo‘layotganligi aniqlandi.

 ✅ Ushbu masala xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tashabbusi bilan o‘rganilib, qisqa muddatda amaliy yechim topildi. Ushbu soyga aholi bilan hashar yo'li orqali ko‘prik qurib bitkazildi.

 ✅ Natijada o‘quvchilar uchun maktabga qulay borib kelish imkoniyati yaratildi, ota-onalarning xavotiri bartaraf etildi. Mazkur ish aholi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Slide 1 of 4