Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Mahalliy_Kengashlar_faoliyatini_takomillashtirilmoqda
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI
янв.21
VII-chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi to'g'risida axborot
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobod tumanida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Boyqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida qarorda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilinib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir yakunida mutasaddi tashkilotlar hamda mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berilib, qaror ijrosini ta’minlash doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3