Yig‘ilishda kengash deputatlari hamda "Yoshlar maslahat" guruhi a’zolari ishtirok etib, yil davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Hisobot davrida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, mahalliy budjet ijrosi, infratuzilmani yaxshilash hamda yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Deputatlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi, doimiy komissiyalar faoliyati hamda saylovchilar bilan olib borilgan uchrashuvlar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi
Yig‘ilish davomida mavjud muammolar ochiq muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va tashabbus kelgusi rejani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Kengash faoliyati ochiqligi va samaradorligini oshirish, aholi manfaatini ta’minlash hamda hududni yanada rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.