Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Mahalliy_Kengashlar_faoliyatini_takomillashtirilmoqda
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI
янв.21
VII-chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi to'g'risida axborot
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📚 “Shoh va shoir bobomiz” – ma’naviy-ma’rifiy tadbir

🟦 Buyuk sarkarda va iste’dodli shoir, temuriylar sulolasining munosib vakili Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

🔺 Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimov faol ishtirok etib, mazmunli nutq so‘zladi. U o‘z chiqishida Bobur bobomizning boy ilmiy va adabiy merosi, xususan, Boburnoma asarining tarixiy, ilmiy va badiiy ahamiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

🔄 Shuningdek, Boburning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, adolatparvarligi, mardligi hamda ilm-fan va ma’rifatga bo‘lgan e’tibori bugungi yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi. Ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish va targ‘ib etish har birimizning muqaddas burchimiz ekani qayd etildi.

⭐️ Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan Bobur g‘azallari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda shoir va davlat arbobining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar tashkil etildi. Shuningdek, tadbir doirasida tayyorlangan ko‘rgazmada Bobur hayoti va ijodiga oid kitoblar, rasmlar hamda ijodiy ishlar namoyish qilindi.

✅ Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5