Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Mahalliy_Kengashlar_faoliyatini_takomillashtirilmoqda
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI
янв.21
VII-chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi to'g'risida axborot
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
Saylovchilar bilan uchrashuv - dolzarb masalalar muhokamasi

Saylovchilar bilan uchrashuv - dolzarb masalalar muhokamasi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Alimov Chori deputatlarning 2026-yil birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvalida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumandagi “Do‘stlik” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 5-6 fevral kunlari o‘tkazilgan o‘n uchinchi yalpi majlisi haqida va undagi jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 17 ta masala, shu jumladan ko‘rib chiqilgan 8 ta qonunlar haqida axborot berildi.

Deputat tomonidan mazkur qonunlarning mazmun-mohiyati, ularning aholi turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va hududlarni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni atroflicha tushuntirildi. Axborotdan so‘ng uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom ettirilib, mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan bir qancha dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Bildirilgan taklif va muammolar tegishli tartibda qayd etilib, ularni o‘rganish va hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rish belgilandi.

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekani alohida ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2