Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Mahalliy_Kengashlar_faoliyatini_takomillashtirilmoqda
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI
янв.21
VII-chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi to'g'risida axborot
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov Yoyilma mahallasida mahalla faollari va nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, xususan, infratuzilma, kommunal xizmatlar sifati va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar bildirildi.

Nuroniylar tomonidan mahallada tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi hamda o‘z tavsiyalari berildi.

Deputat X. Abdurahmonov bildirilgan murojaat va takliflarni atroflicha o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan zarur ishlarga kirishilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 4