Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Mahalliy_Kengashlar_faoliyatini_takomillashtirilmoqda
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATI
янв.21
VII-chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi to'g'risida axborot
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

 Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Seminar Oliy Majlis Senati
tashabbusi bilan joriy yilning 26–28 yanvar kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan o‘quv-seminarda belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.
 

Seminarni xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi kotibiyati mudiri J.Hamrayev ochib berdi va olib bordi.

U o‘z chiqishida Oliy Majlis Senatida tashkil etilgan o‘quv-seminar dasturida qamrab olingan 15 ta muhim mavzu bo‘yicha batafsil to‘xtalib, mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, qonunlar ijrosini ta’minlash borasida hamda bugungi kundagi kotibiyatlar faoliyatidagi kamchiliklar va bu bo‘yicha aniq ko‘rsatma, tavsiyalarni berdi. 

Shuningdek, seminarda, xalq deputatlari Qiziltepa, Uchquduq va Xatirchi tumanlari Kengashi kotibiyatlari faoliyatidagi tajribalari eshitildi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat bosh mutaxassislari B.Barotov, F.Xolbo’tayev, S.Negmuratov va bosh yuriskonsulti F.Mansurov tomonidan seminar kun tartibidagi mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilindi.   

Slide 1 of 4