Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Diqqat e'lon!
янв.21
Namunali ko‘cha boshilari mehnati e’tirof etildi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 741-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Madad” NNT fuqarolarga birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.

Fuqarolar WWW.Advence.uz huquqiy axborot portali orqali yoki bevosita murojaat qilib, huquqiy yordam olishlari mumkin. Mahallalarda o‘tkaziladigan “Deputat qabuli” va “Sayyor qabul”lar doirasida ham tuman Adliya bo‘limi va “Madad” NNT masʼullari ishtirokida aholiga huquqiy maslahatlar berib boriladi.

 Shu munosabat bilan “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Olmazor tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Nizomiddin Salahitdinov, xalq deputatlari Olmaozr tuman Kengashi kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev va Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi Xayrulla Xamidovlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va aholiga huquqiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama qilish davomida, ikki tomon o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatish, huquqiy yordam xizmatlarini kengaytirish va aholi bilan ishlashni yanada samarali qilish borasida kelishuvlarga erishildi. Tashkilot tomonidan ko‘rsatilayotgan bepul yuridik yordam va maslahatlar nafaqat oddiy fuqarolar, balki ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar uchun ham katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4