Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Diqqat e'lon!
янв.21
Namunali ko‘cha boshilari mehnati e’tirof etildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyatining shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlarining 2025-yil ish faoliyati sarhisob etildi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyatining shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlarining 2025-yil ish faoliyati sarhisob etildi.

♾Joriy yilning 10-fevral kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi binosida Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlarining o'tgan yil faoliyati sarhisob qilindi. 

Tanqidiy-tahliliy tarzda o'tgan yig'ilishni Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.

Yig'ilishda o'tgan davr mobaynida o'tkazilgan sessiyalar, tasdiqlangan qarorlarning qonuniyligi, deputatlarning faoliyati shuningdek, Kengash kotibiyatlarining ijro intizomiga to'xtalib o'tildi.

⚡️Ayrim hududlarda faoliyatni ommaga yetkazishda kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Faoliyat tahlilida past ko‘rsatkichli tumanlarga alohida e’tibor qaratilib, ularga ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Yig'ilish yakuniga ko'ra quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:

✍️Deputatlari tomonidan xalq bilan muntazam va ochiq muloqotlar tashkil etish;

✍️Deputatlar faoliyatini OAVda keng yoritish;

✍️Sessiyalarni muntazam ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn efirda uzatish.

📊 Natijalar infografika va taqdimotlar orqali tahlil etildi. Shahar va tumanlarning faoliyati oyma-oy monitoring qilinib, har chorakda tanqidiy yig‘ilish o‘tkazib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 10