Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Diqqat e'lon!
янв.21
Namunali ko‘cha boshilari mehnati e’tirof etildi
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N. Hasanova Charogʻon mahalla hududida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rgandi. Oʻrganishda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz muhit, o‘quv xonalari hamda o‘yin maydonlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bolalarning intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuzasidan muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbatlashildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4