Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌺 Ustoz – millat tayanchi, kelajak bunyodkori!

Tantanali tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova, tuman hokimi o‘rinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Yalg‘ash Shomuratov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur O‘razboyev va boshqa mas’ul shaxslar ishtirok etib, fidoyi pedagoglarni samimiy tabrikladilar.

✨ Tadbir davomida bir guruh yuksak natijalarga erishgan, yosh avlod tarbiyasida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan ustoz va murabbiylar tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tuman Madaniyat bo'lim san'atkorlari tomonidan ijro qilingan sho‘x va shodon kuy-qo‘shiqlar, samimiy tabriklar, mehr va ehtiromga boy daqiqalar barchaga unutilmas bayramona kayfiyat ulashdi. 

Slide 1 of 9