Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Z. Rahimova “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, aholi manfaatlari va ijtimoiy ҳimoyasini ta’minlash borasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida deputat mahalla ijtimoiy xodimi I. Xolmurotovaning faoliyati bilan yaqindan tanishib, hududda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini o‘rgandi. Shuningdek, Z. Rahimova “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, ularning murojaatlari va dolzarb muammolarini atroflicha o‘rgandi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1