Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

4-BAND IJROSI: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
N. Muxsimov tomonidan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «Otchopar-1» mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishilib, aholini ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔎Shuningdek, mahallada kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi, bandlikni ta’minlash imkoniyatlari va aholining mavjud muammolari o‘rganildi.

📌O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda aholi farovonligini yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

✅Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududdagi muammolarni aniqlash, fuqarolar murojaatlarini hal etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!