Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

«G’AYRATIY» MAHALLASIDA ISH YURITISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Y. Ibragimov tomonidan «G’ayratiy» mahallasida mahalla raisining ish faoliyati, ish yuritish tizimi hamda hujjatlarning yuritilishi va saqlanish holati o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida mahallada hujjatlar bilan ishlash tartibi, ish yuritish jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilgani, hujjatlarning rasmiylashtirilishi va saqlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📚Shuningdek, ish yuritishni amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etish, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish va saqlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

⚖️Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida olib borildi.

Bizni kuzatishda davom eting!