Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR
янв.21
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi #VM_qarori
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, Kengash reglamenti hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.
янв.21
Davra suhbati o‘tkazildi
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Polvonova Zebo Omonboyevnaning Shovot tuman elektr ta’minotiga yo‘llagan 2026-yil 21-sentabrdagi 148-ds-448-26-sonli deputatlik so‘rovi yuzasidan javob berildi.
📌 Deputatlik so‘rovida Shovot tumani Beshchiqir mahallasi Istiqlol ko‘chasidagi elektr uzatish tarmog‘ining texnik holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, eskirgan va yaroqsiz simyog‘ochlarni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
🔎 O‘rganish davomida
Shovot tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan Beshchiqir mahallasi Istiqlol ko‘chasidagi elektr uzatish tarmoqlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
⚡️ Aniqlangan ma’lumotlar
Beshchiqir mahallasi Istiqlol ko‘chasi elektr ta’minoti MonoQ 110/10 kV nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli Ijtimoyat elektr uzatish tarmog‘idan kuchlanish oluvchi, dispetcherlik raqami TP-6722, quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
🛠 Elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha
Elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari Davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
📋 Deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan hududdagi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash uchun kelgusi yillardagi Davlat dasturiga taklif kiritiladi.
🤝 Xulosa
Deputatlik so‘rovi asosida Beshchiqir mahallasi Istiqlol ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
⚡️ Aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lidagi ishlar davom ettiriladi.