Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR
янв.21
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi #VM_qarori
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, Kengash reglamenti hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
“Do‘stlik” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi

Termiz shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqimizning og‘irini yengil qilish hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yangi qonunchilik mezonlari asosida takomillashtirish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil va muloqot tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining mahalla darajasidagi ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Nazorat-tahlil davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda “Do‘stlik” mahallasida 118 ta oila reyestrda mavjud bo‘lib, shundan 5 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi. Shuningdek, 40 ta davlat ta’minotidagi oila mavjud. Mazkur oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, muammolarini bosqichma-bosqich hal etish va zarur ko‘mak bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy xodim tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, oilalarning ehtiyojlari o‘rganilib, ularga tegishli ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda aholining ijtimoiy himoyaga oid huquq va manfaatlarini ta’minlash holati tahlil qilindi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan individual va manzilli ishlashni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.