Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ–776-son “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, reklama yaratish, tayyorlash, joylashtirish va tarqatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
INFOGRAFIKA
янв.21
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI: TOZALIK AKSIYASI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZOMIN TUMANIDA “SHUKRONALIK” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA UCHRASHUV
янв.21
Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
янв.21
Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
21-SESSIYADA DEPUTAT SO‘ROVLARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI
“Sobir Abdulla” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalardan biri Po‘lat Qayumov ko‘chasini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar ko‘chaning mavjud holati transport qatnovi va piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirayotganini bildirib, yo‘lni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radilar.

Murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4