Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR
янв.21
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi #VM_qarori
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, Kengash reglamenti hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
PAXTAKOR TUMANIDA AHOLI DAM OLISHI UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Jamila Bobonazarova, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Nodira Karimova, tuman Kengashi deputatlari K.Mamanova, A.Isaqulov, tuman hokimi o'rinbosarlari hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida tumandagi dam olish maskanlari va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Jumladan, «Samarqand» mahallasida «Janubiy Mirzacho‘l» kanali bo‘yida 3,125 milliard so‘m mablag‘ hisobidan tashkil etilgan aholi dam olish maskani faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish va aholi uchun qulay dam olish sharoitlarini yanada kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6