Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR
янв.21
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi #VM_qarori
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, Kengash reglamenti hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
297-SONLI MAKTABDA YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SPORT SHAROITLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari #162_ta_eng_muhim_qonun

297-SONLI MAKTABDA YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SPORT SHAROITLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘RGANILDI

⚽️ Yoshlarni sportga jalb etish — sog‘lom va faol avlodni tarbiyalashning muhim omillaridan biridir. Shu bois ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📍 Ko‘ksaroy mahallasida joylashgan 297-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktab hududidagi futbol maydonining holati qoniqarsiz ekani aniqlandi. Mavjud holat o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishiga, xususan, futbol mashg‘ulotlari va musobaqalarini sifatli tashkil etishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

🗂 Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

⚡️ Mazkur Qonun yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish bilan birga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan.

✅ Shu nuqtayi nazardan, maktab o‘quvchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun yetarli va munosib sharoit yaratish yoshlar siyosatining amaliy ijrosini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqildi.

📂 Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida futbol maydonini tegishli davlat dasturlariga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

📁 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi doirasida tashkil etildi. Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati, ekspert guruhi a’zolari hamda maktab rahbariyati ishtirok etdi.

🤝 Deputatlik nazorati — mavjud muammolarni aniqlash bilan cheklanib qolmay, ularning yechimi bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslarni ilgari surishni ham nazarda tutadi.

📝 O‘quvchi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida aniqlangan masala yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqish hamda kelgusida uning ijrosini nazoratga olish muhim vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 5