Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR
янв.21
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi #VM_qarori
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, Kengash reglamenti hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
“Kambag‘allik reyestri”dagi oilalaning yashash sharoiti va muammolari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bo‘stonliq tumanida kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan “Qoramozor” mahallasiga biriktirilgan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev mahalla istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Nozirov xonadonida bo‘lib, yashash sharoiti va mavjud muammolarni o‘rgandi.

🔻Muloqot davomida oila boshlig‘i o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekani, hozirgi vaqtda esa doimiy ish bilan ta’minlanmagani aniqlandi. Oilaning daromad manbalari va mavjud imkoniyatlari o‘rganilib, oila boshlig‘ining bandligini ta’minlash masalasi asosiy muammolardan biri ekani qayd etildi.

Shu bilan birga, oiladagi uy bekasi hozirda umumta’lim maktabida mehnat faoliyatini olib borayotgani ma’lum bo‘ldi. Oilaning mavjud mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, xususan, ishsiz oila a’zosini munosib va doimiy daromad manbaiga ega ish bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish jarayonida oila vakillari bilan suhbatlashilib, ularning ishga joylashish bo‘yicha ehtiyoj va takliflari eshitildi. Oila boshlig‘ining ma’lumoti, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari yoki kasbga o‘qitish imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilishi zarurligi qayd etildi. Deputat tomonidan mazkur oilaning bandligini ta’minlash masalasi nazoratga olinib, oilaga biriktirilgan mas’ul xodimga murojaat qilinishi, fuqaroni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi bildirildi.

Slide 1 of 2