Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR
янв.21
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi #VM_qarori
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, Kengash reglamenti hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.
янв.21
Davra suhbati o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Oylik_ish_reja_ijrosi
📌 Deputat nazorati: mahalladagi dolzarb masalalar o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-“Yangiturmush” saylov okrugi deputati S. Eshonqulov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Guliston” mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlari va ularning yechimi, aholini kambag‘allikdan chiqarish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👩‍💼 Yoshlar masalalari ham nazardan chetda qolmadi. Jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolari, ularni hal etish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.

🔎 Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

🤝 Mahallalarda aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4