35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
YOSHLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining siyosiy partiya oldidagi mas’uliyati
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikоvna tomonidan hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri va to‘liq qo‘llanilishi hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va kafolatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning belgilangan tartibda va sifatli ko‘rsatilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-415-son talablarining hududda ijro etilishi holati bilan tanishildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan davlat imtiyozlaridan amalda to‘g‘ri foydalanilishi, ijtimoiy xizmatlar va boshqa zarur ko‘mak turlarining o‘z vaqtida ko‘rsatilishi, ushbu toifadagi fuqarolarning ijtimoiy himoyasi hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini yanada samarali himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish, qonunchilik talablarining hududda to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari deputatning doimiy nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 4