35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining siyosiy partiya oldidagi mas’uliyati
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
ZUHRO MAHALLASIDA SPORT INFRATUZILMASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ish rejasiga muvofiq hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada 15-Zuhro saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Ermatov tomonidan Zuhro mahallasida hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari, xususan, sport inshootlarida amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi “Mehnat” stadionida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Bugungi kunda stadionda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, sport inshooti zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

Mazkur qurilish va rekonstruksiya ishlari “Shams 72” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgani qayd etildi. Ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi, yaratilayotgan infratuzilmaning aholiga, ayniqsa, yoshlar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi masalalariga deputatlik nazorati doirasida e’tibor qaratildi.

Yangilanayotgan “Mehnat” stadioni kelgusida mahalla aholisi, xususan, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari uchun muhim maskanga aylanishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, zamonaviy sport infratuzilmasining barpo etilishi yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalashda muhim omillardan biridir.

Mazkur masala Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasiga kiritilgan masalalardan biri sifatida deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida stadionda olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarining borishi, obyektning zamonaviy talablarga mosligi hamda aholiga yaratilayotgan sharoitlarning sifati e’tibor markazida bo‘ldi.

Umuman, Zuhro mahallasida olib borilayotgan mazkur o‘rganishlar hududdagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlar yaratish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratining amaliy ifodasidir.

Aniqlangan masalalar va qurilish ishlarining yakuniy natijalari deputatlik nazoratida bo‘lib, obyektning belgilangan talablar asosida foydalanishga topshirilishi kuzatib boriladi.

Slide 1 of 7